Bozorchi xaridorlarni bozordagi do‘konlar bilan bog‘laydi. Biz savdo tomoni emasmiz: xarid, to‘lov va kafolat xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida bo‘ladi.
Kirish telefon raqam va Telegram’dagi Bozorchi boti yuborgan kod orqali. Kodni hech kimga bermang. Hisobingizdagi harakatlar uchun o‘zingiz javobgarsiz.
Qalbaki, o‘g‘irlangan yoki qonun bilan taqiqlangan mahsulotlar; aldovchi narx yoki rasmlar; spam; boshqalarni haqorat qilish; tizimni buzishga urinish va ma’lumotlarni avtomatik yig‘ish.
Shikoyat yoki tekshiruv natijasida e’lon yoki do‘kon sababini ko‘rsatgan holda yashirilishi yoki bloklanishi mumkin.
Ma’lumotlar sotuvchilar tomonidan kiritiladi; narx, mavjudlik va manzilni joyida tekshiring. Xarita va yo‘nalishlar taxminiy — bozor ichida GPS bir necha metr adashishi mumkin.
Shartlar yangilanishi mumkin; muhim o‘zgarishlar haqida ilovada xabar beramiz. Xizmatdan foydalanishda davom etish yangi shartlarga rozilikni bildiradi.
Savollar uchun ilovadagi shikoyat bo‘limidan foydalaning.